Har bir xalqning o‘z sardorlari, sarbonlari, alp bahodirlari,millatparvar, vatanparvar farzandlari – sultoni podsholari bo‘ladi. O‘z xalqining, vatanining ozod va obod bo‘lishi uchun fidoyilik, jasorat ko‘rsatadilar.
Vatanning, millatning ulug‘ farzandlari to‘g‘risida tafakkur qilganimizda ko‘z o‘ngimizda Buyuk Sohibqiron Amir Temur, noyob aql zakovat sohiblari – Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Bobur kabi tarixiy shaxslar namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ham sohibqiron Amir Temur tavalludi oldidan maktablarda keng targ‘ibot tashviqot ishlari olib borilishi yuzasidan takror nutq so‘zladilar .
Shu munosabat bilan Yunusobod tumani 98-maktab 3-"A" sinf o'quvchilari "Amir Temur" tavalludi oldidan "Temuriylar tarixiy muzeyiga" tashrif buyurdilar.