
Unda 12 ta jamoa ishtirok etib, yigit-qizlar 11 ta shart bo‘yicha bellashdi. Unda o‘quvchi-yoshlar “Bilimdonlar”, “Vatan madhi”, “Smart sardor”, “Turnikda tortilish”, “Press”, “AK-74 avtomatini yoyib-yig‘ish”, “Arqon tortish”, “Merganlar bellashuvi”, “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish”, “Safda qо‘shiq aytish” kabi shartlarda jamoaviy birdamligi, diqqatni jamlay olish va aniqlik qobilyati, jismoniy tayyorgarligi va chidamliligini sinovdan o‘tkazdi.
Yakunda umumjamoa hisobida Uchtepa tumanidagi 193-maktab vakillari faxrli 1-o’rinni egalladi. Chilonzor tumanidagi 168-maktab o’quvchilari ikkinchi, Yunusobod tumanidagi 98-maktab jamoasi esa uchinchi pog’onani band etishdi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati