Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining o‘quv-tarbiya jarayoniga innovasion pedagogik texnologiyalarni,o‘qitishning samarali shakl va usullarini joriy etishda pedagoglar kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish va metodik qo‘llab-quvvatlash, xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan mazkur marafonda 150 nafarga yaqin poytaxtlik pedagoglar ham faol ishtirok etishdi.
“Metodik marafon” jarayonida ilg‘or tajribaga ega metodistlar va o‘qituvchilar tomonidan trening mashg‘ulotlari olib borildi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati