Joriy yilning 11-iyul sanasida Yunusobod tumani hokimligi boshchiligida “Milliy qadriyatlar Millat iftixori” nomli milliy festival sayli tumandagi ko‘rkam Botanika bog‘ida o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Yunusobod tumani maktabgacha ta’lim, umumta’lim hodimlari, mahalla faollari, ma’naviyat madaniyat hodimlari tomonidan milliy urf an’analarni targ‘ib qiluvchi madaniy ma’rifiy tadbirlar u, ko‘rgazmalar tumanimiz 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolari uchun namoyish etildi. Yangragan milliy kuy qo’shiqlar tashrif buyurgan mehmonlar uchun a’lo kayfiyat bahshida etdi. Milliy qadriyatlar sayli millatimiz ko‘rkidir.