Yozgi ta’tilni biz bilan maroqli o‘tkazing!
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yozgi ta’til davrida 5 ta muhim tashabbus doirasida "Ta'tilda - kitob bilan" shiori ostida "Men eshitgan ertaklar" ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlov
2022-yil 6-iyundan 15-iyungacha Respublika bolalar kutubxonasining telegram ijtimoiy tarmog‘idagi
"Yosh kitobxonlar" kanalida onlayn shaklda o‘tkaziladi.
Ijodiy ishlarni @RBK_tanlov1 va @RBK_tanlovlar_2 manziliga yuborish kerak.
Aziz o‘quvchilar! Yozgi ta’tilda Sizni qiziqarli festivallar va tanlovlar, professional bosqichlar, boy ekskursiyalar, ko‘plab syurprizlar va sovg‘alar kutmoqda!
Siz istagan eng zo‘r va noyob takliflar bilan ilhomlantirish bizning ustuvor vazifamizdir.
Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati