Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova boshchiligida soha rivojini taʼminlashga qaratilgan kelgusi masalalar muhokamasiga bagʻishlangan “Vazir soati” oʻtkazildi.
Unda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda dastlab bolalar mehnatidan noqonuniy foydalanishni oldini olish boʻyicha amaldagi qonunchilik talablari ijrosini taʼminlash, bu boradagi profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish masalasi atroflicha koʻrib chiqildi.
➖ Masʼullarga bolalar huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, barcha boʻgʻin rahbarlarining bu boradagi shaxsiy javobgarligi va masʼuliyatini oshirish boʻyicha zarur topshiriqlar berildi.
🔹 Shundan soʻng taʼlim muassasalarida Navroʻz umumxalq bayrami tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, milliy qadriyatlar va anʼanalarni keng targʻib qilgan holda turli madaniy va sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha belgilangan rejalar tahlil qilindi.
🔰 Yigʻilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda koʻchat ekish tadbirlarini oʻtkazish, oʻquvchi-yoshlar ishtirokida “Mahallamga nihol ekaman!” aksiyasi, “Yangi daraxt – yangi nafas” respublika eko musobaqasi, maktablar oʻrtasida “Eng obod taʼlim muassasasi”, “Obod maktab” tanlovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda PIRLS xalqaro baholash tadqiqotini oʻtkazish uchun olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari ham mutasaddilar ishtirokida koʻrib chiqildi.