Tanlovning birinchi — tuman (shahar) bosqichi – 21-30-APREL kunlari kunlari boʻlib oʻtadi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi:
➖ Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mutaxassislari uchun:
➖“Eng namunali direktor oʻrinbosari”;
➖“Eng yaxshi oʻyin orqali taʼlim beruvchi tarbiyachi”;
➖“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”;
➖“Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi”;
➖“Raqamli va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etuvchi tarbiyachi”;
➖“Maʼnaviy qadriyatlar tarbiyachisi”;
➖ Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun:
➖“Oʻyin orqali bolalarni rivojlantiruvchi ijodkor tarbiyachi”;
➖“Eng namunali tarbiyachi”.
🔰 Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 19-MART kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
🌐 Bunda talabgorlar quyidagi hujjatlarni tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga taqdim etish lozim:
🔹DMTT direktor oʻrinbosarlari va tarbiyachilari pedagogik kengashi qarori;
🔹ONMTT tarbiyachilari faoliyat yuritayotgan YATT maʼlumotnomasi;
🔹mehnat daftarchasidan koʻchirma.
Tanlovda sovrinli oʻrinlarni egallagan:
🔰oliy maʼlumotli ishtirokchilarning malaka toifalari bir pogʻona oshiriladi;
🔰oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishtirokchilar OTMning “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga kirish imtihonlarisiz oʻqishga kirish imtiyozini qoʻlga kiritadi.