Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 23-июнь 2026, 10:52
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Hurmatli maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan:

➖ 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab — pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining maktabgacha taʼlim yoʻnalishida bakalavrlarni dual taʼlim shakli (1+5) boʻyicha tayyorlash belgilangan.

Eslatib oʻtamiz: 2026-2027-oʻquv yili uchun abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtish (birinchi bosqich) jarayonlari davom etmoqda (joriy yilning 25-iyun kuniga qadar).

🔹Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat olib borayotgan (kamida uch yil) oʻrta-maxsus maʼlumotli xodimlar amaldagi tartibga koʻra Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

👉 Test topshirish asosiy fanlarini quyidagi tartibda tanlash lozim:

➖ Birinchi fan — Biologiya;
➖ Ikkinchi fan — Ona tili va adabiyoti.

Maʼlumot uchun:pedagog kadrlar oliy taʼlim tashkilotlari (dual taʼlim) bakalavriatiga amaldagi tartibga muvofiq oʻtkaziladigan test sinovlari asosida qabul  qilinadi.