Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-июль 2026, 09:27
 Bosh sahifa  Mobile versiya

58-Xalqaro kimyo olimpiadasi yakunlandi: o‘zbekistonlik o‘quvchilardan 4 ta medal — 1 ta oltin va 3 ta kumush


58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan ishtirok etgan o‘quvchilarning barchasi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Xususan:

🥇 Rayhona Tuymurodova — oltin medal;
🥈 Jasur Mustafoyev — kumush medal;
🥈 Azizmuhammad Hafizov — kumush medal;
🥈 Mirjalol Homidjonov — kumush medalni qo‘lga kiritdi.

📊 Ma’lumot o‘rnida: Davlatimiz rahbarining 2024-yil 30-sentabrdagi tegishli qaroriga muvofiq:

👉 nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishgan medallar uchun oʻzbekistonlik ishtirokchilar uchun quyidagi pul mukofotlari berilishi koʻzda tutilgan:

oltin medal uchun — 1 mlrd. 30 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 185,4 mln. soʻm;
kumush medal uchun — 618 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 103 mln. soʻm;
bronza medal uchun — 412 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 61,8 mln. soʻm.

⏰ Shuningdek, mazkur olimpiada gʻoliblarini sinovlarga tayyorlagan oʻqituvchilarning malaka toifasi bir pogʻona koʻtarilishi belgilangan.