Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-август 2026, 20:30
 Bosh sahifa  Mobile versiya

VAZIR JAMG‘ARMASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan, vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan 1 696 nafar malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Tanlov g‘oliblari:

🔹 umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan — 1 400 nafar;
🔹 ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalaridan — 98 nafar;
🔹 maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan — 198 nafar.

⏰ Eslatib o‘tamiz, g‘oliblarga 2026-yil sentabr oyidan 2027-yil may oyiga qadar, jami 9 oy davomida quyidagi miqdorda ustama to‘lanadi:

🔰 umumta’lim tashkilotlari pedagoglariga — Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 5,5 baravari, 

🔰 maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilariga — Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2 baravari.