I variant1.Qaysi so‘z shevaga oid bo‘lib,badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi?
A. Sas
B. Nido
C. Sado
D. Un
2.Terminlar qaysi uslubning o‘ziga xos belgisi hisoblanadi?
A. Ilmiy uslub
B. Badiiy uslub
C. Rasmiy uslub
D. Publisistik uslub
3.“So‘z so‘zlashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak” degan so‘zlash va yozish odobiga bag‘ishlangan fikrlar kimga tegishli?
A. Alisher Navoiy
B. Bobur
C. Abdulla Qodiriy
D. Cho‘lpon
4.Qurudim mamlakatiga safar qilayotgan Sultonxon oldiga suyunchi deb chiqqan kishiga ayamasdan tilla tanga berishini, qulog‘idan dunyoga ko‘mishini aytadi. Yana unga qaysi amalni berishini aytadi?
A. Vazir
B. Qo‘rg‘onbegi
C. Qo‘rboshi
D. Mirg‘azab
5.Yassaviy hikmatlarida yozuq so‘zi qanday ma’noda kelgan?
A. Yozuv, kitob
B. Gunoh, ayb, xato
C. Pir, ustoz
D. Dunyo
6.Shakldosh so‘zlarning ma’nosini izohlang.
Tig‘i ishqing yorasidur butmagan,
Dardini har kimga aytib butmagan.
Hajr sahrosida ohim o‘tidin,
Anda gul yoxud giyohe butmagan.(A.Navoiy)
A. tugamagan, o‘smagan, tuzalmagan
B. tuzalmagan, tugamagan, o‘smagan
C. tugamagan, tuzalmagan, o‘smagan
D. o‘smagan, tugamagan, tuzalmagan
7.Menejment so‘zining ma’nosi nima?
A. Zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish.
B. Korxona va kompaniya egasi bo‘lmagan boshqaruvchi.
C. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish
D. Bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli
8.So‘zda so‘zlovchi subyektiv munosabatining(salbiy yoki ijobiy ) ifodalanganligi qanday nomlanadi?
A. Emotsional-ekspressiv bo‘yoq
B. Funksional bo‘yoq
C. Uslubiy bo‘yoq
D. Uslubiy betaraf so‘z
9. Emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang.
A. Azlar deganlari shopday naynov odam ekan.
B. Kutmay qo‘yaqol, bolam. Saydixon boyaqish hali-beri kelmaydi
C. Men Vatanni bog‘ deb aytsam, Sensan unda bitta gul, Men Vatanni gul deb aytsam, Bitta mujgon, o‘zbegim.
D. Ana shunday mard, tanti edi shoirimiz!
10.Mumtoz adabiyotimizda shakldosh so‘zlarni qo‘llash natijasida qaysi badiiy san’at yuzaga keladi?
A. Tajnis
B. Tazod
C. Tanosib
D. Talmeh
11. Zidlov bog‘lovchili qo‘shma gapni toping.
A. Goh qor yog‘adi, goh yomg‘ir.
B. Na unisi bor, na bunisi.
C. Yo siz keling, yo men boray.
D. Quyosh chiqdi, lekin kun sovuq.
12.A.Navoiyning shohbaytlaridan qaysi biri to‘g‘ri berilgan?
A. Quyoshlig‘ istasang, kasbi kamol et, Kamol kosib etarsen, bemalol et.
B. Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranch ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganch ila
C. Har kishikim, birovga qozg‘ay chog‘, Tushgay ul chog‘ aroo‘zi nogoh.
D. Hunarni asrabon netkumdur oxir, Olib tufroqqamu ketkumdir oxir.
13.Tarixiy so‘zlar berilgan qatorni aniqlang.
A. dudoq, meng, tilmoch
B. yasovul, bek, cho‘ri
C. bitik, oblast, rayon
D. tilmoch, qozi, bitik
14.Qaysi qatordagi gapda ko‘plik qo‘shimchasi grammatik ko‘plikni ifodalagan?
A. Qizlar o‘zlari yasagan katta ipak koptokni Gulshanga berdilar.
B. Soat beshlarda pedagogika institutiga bordik.
C. Sevguvchi Farhod va Shirinlar haqidagi go‘zal hikoya yashab kelmoqda.
D. Ham Erhubbi bo‘ladur tag‘o, Ammamizning erlaridur Nurato.
15.Atoyining XVI asrda ko‘chirilgan devoni nechta g‘azalni o‘z ichiga olgan va u qayerda saqlanadi?
A. 260 g‘azal, Sankt-Peterburgda
B. 240 g‘azal, Parijga
C. 255 g‘azal, O‘zbekiston Sharqshunoslik institutida
D. 340 g‘azal, Berlinda
16.Xondamir quyidagi fikrida Navoiyning qaysi asarini nazarda tutgan?
“Bu aziz kitob hazrati xoqon Shohruh mirzo podshohligi davridan boshlab, shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan va bezab turgan olim va shoirlardan ko‘plarining ba’zi sifatlaridan va ahvollaridan bayon qiladi”.
A.”Muhokamat ul-lug‘atayn”
B. ”Nasoyim ul-muhabbat”
C. ”Majolis un-nafois”
D. ”Vaqfiya”
17.Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubdtur
Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubtur.
Misralarda qo‘llangan badiiy san’atni aniqlang.
A. Tazod
B. Tardi aks
C. Tajnis
D. Talmeh
18.Boburga bag‘ishlab “Maxzan ul-asror “ vaznida masnaviy bitgan ?
A. Surx Vadoiy
B. Faqiriy
C. Forig‘iy
D. Mullo Baqoiy
19.O‘rxun-Enasoy yozuvlari- toshbitiklar qaysi yozuvda yozilgan?______________________________
20. Mumtoz adabiyotimizda antonim(zid ma’noli) so‘zlarni qo‘llash natijasida qaysi badiiy san’at yuzaga keladi?___________________________________________________________________________
21. Biz shu yo‘llar tizginin qo‘lga olaroq… yer kurrasin boshin tang‘idik. Misralarda tushum va qaratqich kelishigi shakllari necha o‘rinda va qanday holda qo‘llangan?___________________________
22.Subyektiv baho ifodalovchi qo‘shimchaning so‘z yasovchi qo‘shimcha bilan shakldoshligiga misol keltiring.________________________________________________________________
23.Paronim so‘zlarga misol keltiring__________________________________________________________
24.Kir so‘zini shakldosh sifatida qo‘llab gap tuzing.______________________________________________
25.Eskirgan so‘zlar qanday turlarga bo‘linadi?_______________________________________________
II variant
1. Quyidagi so‘zlar ichidan “odam va boshqa jonivorlar, hatto o‘simliklar qabul qilinadigan ovqat” ma’nosini bildiradigan, ovqatlanish uchun lozim bo‘lgan tayyor yoki xom holatdagi narsani bildirgan so‘zni aniqlang.
A. Taom
B. Oziq
C Ovqat
D. xo‘rak
2.Qaysi uslub faqat yozma shaklda namoyon bo‘ladi?
A. Ilmiy uslub
B. Badiiy uslub
C. Rasmiy uslub
D. Publisistik uslub
3.“Har kimsadaki bo‘lsa qanoat, g‘am yo‘q” degan xulosa Alisher Navoiyning qaysi asari xulosasi?
A. ”Nazm ul-javohir”
B. ”Hayrat ul-abror”
C. “Farhod va Shirin”
D. ”Vaqfiya”
4.Rustamxon ajdahoni qirda kutib o‘tirdi. Ajdaho tushib kelayotgan ko‘l nomi nima edi?
A. Tajang
B. Oltinko‘l
C. Oqdaryo
D. Charxin ko‘li
5.Yassaviy hikmatlarida mouman so‘zi qanday ma’noda kelgan?
A. Ma’no
B. Manmanlik
C. Nafs
D. Rohat-farog‘at
6. Adip so‘zining manosi …
A. Adabiy asarlar ijodkori, yozuvchi
B. Tortmoq, olmoq
C. Mol-mulk
D. To‘n, xalat kabilarning chetiga tikiladigan ensiz mato – mag‘iz
7. Brifing so‘zining ma’nosi nima?
A. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish.
B. Rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy nuqtai nazar bildirish.
C. Zamonaviy talb va didga moslab o‘zgartirish.
D. Maqsadga erishishning uzoq muddatli rejasi.
8.So‘zlarning muayyan uslubga xoslanganligi, bu uslubning o‘ziga xos belgisiga aylanganligi qanday nomlanadi?
A. Emotsional-ekspressiv bo‘yoq
B. Funksional bo‘yoq
C. Uslubiy bo‘yoq
D. Uslubiy betaraf so‘z
9. Funksional bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang.
A. Azlar deganlari shopday naynov odam ekan.
B. Shu shirinsuxan tili bilan barchangizni avrab olgan bu qiltiriq nozanin.
C. Men buyuk yurt o‘g‘lidurman, men bashar farzandiman, Lekin avval senga bo‘lsam, Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.
D. Bunaqa basharani umrimda ko‘rmaganman. Hiringlagani hiringlagan.
10.Mumtoz adabiyotimizda qaysi janrning asosini shakldosh so‘zlar tashkil etadi?
A. G‘azal
B. Ruboiy
C. Qit’a
D. Tuyuq
11. Bog‘lovchisiz qo‘shma gapni toping.
A. Qo‘ngiroq chalindi va dars boshlandi.
B. Qor yog‘di- don yog‘di.
C. Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor.
D. Qish keldi va kunlar soviy boshladi.
12.,,-lar’’ ko‘plik qo‘shimchasini olgan ,,bobomlar, akamlar, oyimlar’’so‘zlari qanday ma’noni ifodalaydi?
A. Ajratish-takidlash.
B. His-hayajon.
C. Hurmat.
D. Takalluf.
13.Arxaik so‘zlar berilgan qatorni aniqlang.
A. dudoq, meng, tilmoch
B. yasovul, bek, xon
C. qozi, cho‘ri, bakovul
D. yasovul, dodho,qozi
14. Qaysi qatordagi gapda ko‘plik qo‘shimchasi uslubiy ma’noni ifodalagan?
A. Qizlar o‘zlari yasagan katta ipak koptokni Gulshanga berdilar.
B. Bolalar o‘qituvchining nima demoqchi bo‘lganini darrov tushunishdi.
C. Bog‘da ochilgan gullar o‘zlarining turfa ranglari bilan yanada go‘zal ko‘rinardi.
D. Ham Erhubbi bo‘ladur tag‘o, Ammamizning erlaridur Nurato.
15. Navoiy “Majolis un-nafois “ tazkirasida quyidagi ta’rifni kimga nisbatan aytgan?
“Mavlono Balxda bo‘lur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq, munbasit kishi erdi. O‘z zamonida she’ri atrok(turkiy tilda so‘zlovchilar) orasida ko‘p shuhrat tutti”.
A. Ahmad Yassaviy
B. Atoiy
C. Lutfiy
D. Jomiy
16.Navoiy qaysi asarida Luqmoni hakim, Fishog‘urs, Jomosb, Buqrot, suqrot Batlimus, Buzurgmehr va boshqalar haqida ma’lumot beradi?
A. ”Tarixi muluki ajam”
B. ”Majolis un-nafois”
C. “Tarixi anbiyo va hukamo”
D. ”Nasoyim ul-muhabbat”
17.Navoiyg‘azallarida qo‘llangan fatton so‘zining ma’nosini belgilang.
A. Qarash, nazar tashlash
B. Dunyo, olam, zamon
C. Maftunkor, fitna qiluvchi
D. Mast, sarxush
18.“…Ravon savodi bor edi. “Xamsatayn” va masnaviy kitoblarni va tarixlarni o‘qub edi. Aksar “Shohnoma” o‘qur edi. Tab’i nazmi bor edi, vale she’rga parvo qilmas edi”. “Boburnoma”dan keltirilgan parchada kimning ta’rifi keltirilgan?
A. Husayn Boyqaro
B. Umarshayx mirzo
C. Humoyun mirzo
D. Shayboniyxon
19.Paronim so‘zlarga misol keltiring______________________________________________________
20.Mumtoz adabiyotimizda shakldosh so‘zlarni qo‘llash natijasida qaysi badiiy san’at yuzaga keladi?
21. Qarshimda yer sharin surati turar, salmog‘i Quvaning anoricha bor. Misralarda qaratqich kelishigi shakllari necha o‘rinda va qanday holda qo‘llangan?____________________________________________
22.Subyektiv baho ifodalovchi qo‘shimchaning so‘z yasovchi qo‘shimcha bilan shakldoshligiga misol keltiring.________________________________________________________________________
23.Runiy yozuvdagi yodgorliklardan qaysi biri qog‘ozga yozilgan?_______________________________
24.Eskirgan so‘zlar qanday turlarga bo‘linadi?_______________________________________________
25.Och so‘zini shakldosh sifatida qo‘llab gap tuzing.____________________________________________