Mavzu: Tarkibli masalalar
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash
Ta’limiy: O’quvchilarning sanoq texnikasini, to’g’ri va teskari sanash qobiliyatlarini boyitish. Sonlarni o’zaro taqqoslash ,.
TK3 masala yechish orqali ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy munosabatini bildira olish;
FK2 amaliy vaziyatlarda o‘rganilgan matematik tushunchalar va algoritmlarni qo‘llay oladi.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda jonivorlarga nisbatan mehr uyg’otish. O’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash.
TK3 o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqish.
TK4 milliy bayramlarimizga oid sana va vaqtlarni bilish, ularni kundalik hayotda qo‘llay olish;zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘sh gan hissalarini tushuna olish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish. FK1 o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
T/R | Bo’limlar | Vaqti |
1 | Tashkiliy qism | 2 daqiqa |
2 | Uy ishini tekshirish | 4 daqiqa |
3 | Yangi mavzuni tashkil etishga o’tish | 2 daqiqa |
4 | Yangi mavzuni yoritish | 14 daqiqa |
5 | Yangi bilimlarni tekshirish va mavzuni | 10 daqiqa |
6 | O’rtog’ingni tekshir bellashuvi | 10 daqiqa |
7 | Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash | 2 daqiqa |
8 | Uyga vazifa | 1 daqiqa |
9 | Jami | 45 daqiqa |
I Tashkiliy qism.
-Ko’ksimizda qo’limiz,
Odobdir shiorimiz.
Shuning uchun aytamiz:
Assalomu alaykum.
-Navbatchi axborotin
Bugun kimdan eshitamiz.
-Men sinfda navbatchi ,
Hamma darsda tayyordir.
O`ttiz beshta o`quvchi
Ilm olishga shaydir .
-Aziz bolajonlarim ,
Mening gul marjonlarim ,
Vatan so`zin ma`nosin
Aytib bering bizlarga .
-Vatan –onamiz –otamiz va biz tug`ilib o`sgan mahallamizdir .
-Vatan – bu qorli tog`lar , serhosil bog`lar, yer usti va yer osti boyliklarimizdir .
-Vatan –onamiz aytgan alladan boshlanadi .
-Vatan –inson uchun eng muqqaddas maskandir .
-O`zbekiston Respublikasi qachon mustaqillikka erishgan ?
-Bizning 1-prezidentimiz kim ?
-Biz har doim boshimizni egib , qolimizni ko`ksimizga qo`yib Islom bobomizga rahmatlar aytamiz . Bizga shunday yorug` , osoyishta kunlarni yaratib berganlar .
-Bosh bo`ldingiz siz mustaqil elimga ,
Erk berdingiz mehnatsevar xalqimga .
Kuch berdingiz har yurakka, har dilga
Iymon qaytdi mening o`zbek elimga .
-Hozir qaysi dars ekan ?
Buni menga kim aytar .
-Matematika darsi hozir,
Fanlarning eng donosi.
Hisoblashni o`rgatar,
Hamda fanlarning shohi .
O’quvchilar diqqatini darsga jalb etish uchun o’quvchilarning darsga tayyorgarliklarini ta’minlash. ”Enerjayzer mashq”lari bajariladi
O’rnimizdan turamiz
Gavdamizni tik tutamiz.
O’ngga,chapga cho’zilib,
Bir-birimizga kulamiz
O’qituvchi:Bir-birimizga kulgu ulashib,yangi darsimizni boshlaymiz.
Sinfni guruhlarga ajratish
Guruhlar taqdimoti
1-guruh: - “Faol”
Faollar deb atadik
Faol guruhimizni
Ilohim baland qilsin
Nomus g’ururimizni
2-guruh: - “Mahorat”
Bo’laylik mahoratli
Bilimdon o’g’il qizlar
Atadik mahorat deb
Guruhimizni bizlar
3-guruh: - “Tadbirkor”
Tadbirkorlar deb atadik
Chaqqon guruhimizni
Ilohim issiq qilsin
Bizlarning yuzimizni
4-guruh: - “Iste’dod”
Bizlar sho’x va quvnoqlar
Ahil o’g’il qizlarmiz
Bilimdon zukko do’stlar
Iste’dodlar guruhimiz
O’qituvchi:Endi bolalar darsimizning “Oltin qoidalarini” ishlab chiqsak. Ular quyidagilar:
- Intizomli bo’lish
- O’zaro hurmat
- Faol qatnashish
- Hamkorlikda ishlash
- Do’stlar fikrini qadrlash
- Vaqtdan unumli foydalanish
- Izlanuvchanlik
- Imkoniyat
Bugungi darsni ”Kitoblar olamiga sayohat” deb nomladik.Har bir o’quvchi o’zini ”Muzyorar” metodi yordamida tanishtiradi va yoqtirgan kitobini nomini aytadi.Masalan:Shahlo-ertak kitob,Gulbodom-she’r kitob va hokazo............
Darsda faol uhtirok etgan o’quvchilar kitob bilan taqdirlanadi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy
mashg’ulotlar o’tkazish.
Har bir guruhga topshiriqlar beriladi to’g’ri bajargan guruhga kitoblar taqdim etiladi
III Yangi mavzu bayoni:
2. Qaysi gul soni eng ko‘p? Qaysi biri eng kam? Atirgullar lolalardan nechta kam?
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
3.Doiradan boshlab o ngga ‘ 2 katak, yuqoriga 2 katak, chapga 1 katak siljiganda qaysi shakl joylashgan?
Matematik maqollar.
1. Bir yigitga qirq hunar oz.
2. Bir yil tut ekkan kishi,
Ming yil gavhar ekasan
3. Yetti o’lchab bir kes.
4. Bilagi zo’r birni yiqar Bilimi zo’r mingni
5. Birni kessang o’nni ek
6. Oyning o’n beshi qorong’i bo’lsa
O’n beshi yorug’
7. Sanamay sakkiz dema
Topishmoq
To’rtta o’rtoq zo’r ishi
Odam olam tashvishi
Har biri xursand etar
Izma-iz kelib ketar. (Yil fasllari)
O’zi bitta tishi mingta (Arra)
To’rtdir uning oyig’i
Temir mixli tuyog’i
Manzilga yetishtirar
Toshdan qattiq tuyog’i (Ot)
Paravozda 4 ta vagon
Bolalar hech bo’lmang hayron
Har vagonda bittadan fil
Jami nechta bo’ladi? (4ta)
O’ynar uchta qiz bola
Go’yo uchta qiz bola
Go’yo ochilgan lola
Do’stlari keldi 5 ta
Ayt ular bo’ladi nechta? (8 ta)
Sariq jo’ja iniga
Tashqarida olasi
Nechta bo’lar qo’shilsa
Jo’jalarning onasi (3 ta)
6. Sonlar qatorini davom ettiring:
1) 15, 20, 25, 30, 35, 40, 45, 50, 55, 60;
2) 10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90, 100.
7.Jadvaldan javobi bir xil bo‘lgan misollarni toping:
69 - 2 | 57+ 3 | 78-6 | 49+ 1 |
70+ 2 | 52- 2 | 60+ 7 | 80- 20 |
46- 16 | 58+ 20 | 58- 28 | 48+ 30 |
8. Bir to‘pda 26m, ikkinchi to‘pda 14m atlas bor. Ikkala to‘pda necha metr atlas bor?
26+14=40
Javob: 2ta to’pda 40 metr atlas bor


V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa: 4 – Bo‘sh kataklarni to‘ldiramiz.