Mavzu: «Mangu olov».(Ravshan Isoqov).
Darsning maqsadi:Ta’limiy: o‘quvchilarga tinchlik, uning ahamiyati, mangu olov haqida ma’lumot berish, “Mangu olov” she’ri bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1:ixcham matn asosida yaratilgan videotasvirlarni tinglab tushuna olish;
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda ezgulik, mehr-oqibat tuyg‘ularini tarbiyalash, ularga vatan uchun jonini berganlarni doim xotirada saqlash, tinchlikning qadriga yetish, doim ogoh bo‘lishni o‘rgatish.
TK5: hikoyada boʻlayotgan voqea jarayoniga daxldorlikni his erish;
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ifodali o‘qish, lug‘at ustida ishlash, matn tuzib yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish
FK2: asar mazmunidan ta’sirlana olish;
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, savol-javob, “Mozaika”, “Bilag‘onlar” ta’limiy o‘yinlari.
Dars jihozi: darslik, mavzuga oid ko‘rgazmalar, didaktik va tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:I. Tashkiliy qism.
O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Boshlandi sinfda dars,
Tayyor bo‘ling har nafas.
Salom bolalar. Hozir darsimiz nima?
Hammangiz darsga tayyormi?
Bugun nechanchi sana?
Sinfda kim navbatchi?
Bugungi ob-havo haqida gapiring.
“Gul metodi”
Mana bu gullarning ichidan o‘zingizga yoqqanini tanlab olasiz va stollar markazidan shu gulni topib, joyingizni egallaysiz.
- 1. guruh:Bahor
- 2. guruh:Ko’klam
- 3. guruh:Yasharish
- 4. guruh:Yangilanish
Guruhlar taqdimoti
(Ekranda sehrli raqamlar ko‘rinadi.)
Mana bu raqamlar haqida nima deya olasiz?
Darsning maqsadi e’lon qilinadi:
Maqsadimiz-oppoq qordekBo‘lsin qalblar beg’ubor.Eng yuksak marralargaBiz bo‘laylik sazovor.Dars shiori ekrandan o‘qiladi:
O‘qib,uqib,o‘rganib,Nutqimiz boyitamiz.Baholash mezonlari tushuntiriladi.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.“Do‘stlik” hikoyasi o‘qitiladi, mazmuni qayta hikoya qilinadi. “Do‘stlik” hikoyasi yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
- Abduqodir kimga xat yozayotgan edi?
- Abduqodir va Vova qanday qilib do‘stlashib qolishdi?
O‘quvchilar bergan javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“Mozaika” mashqi.O‘quvchilar 4 kishilik kichik guruhlarga bo‘linadilar. Har bir kichik guruhlarga “Xotira maydoni” tasvirlangan rasmli konvertlar tarqatiladi. O‘quvchilar rasmni “Mozaika” usuli yordamida yig‘adilar.
III. Yangi mavzuni tushuntirish.- Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
- Bugun biz sizlar bilan Ravshan Isoqovning “Mangu olov” she’ri bilan tanishamiz.
- MANGU OLOV Ravshan Isoqov
- Mangu olov – yoniq xotira,
- Yuraklardan o‘chmaydi sira.
- O‘tar lip-lip ko‘z oldimizdan,
- Goho tiniq, gohida xira.
- Qadr nima, xotira nima?
- Xotirasiz qadr bor, dema.
- Shahidlarga el-yurt hurmati,
- Ehtiromi, cheksiz himmati.
- Jasorating abadiy, o‘g‘lon –
- Sof oltinning baland qimmati.
- Noming bugun zar varaqlarda,
- Har bir yurak, qalb charoqlarda.
- Mangu olov so‘nmagay toki,
- Qalbimizda sen, ardoqlarda.
O‘quvchilar bilan vatan uchun jonini bergan fidoyilar haqida suhbatlashib, fikrlari tinglanadi.
- Xotira va qadrlash kunini qachon nishonlaymiz?
- Mangu olov qayerda joylashgan?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r muallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Mangu olov” she’ri asosida videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan “Mangu olov” she’ri matni o‘qiladi.
O‘qituvchi “Mangu olov” she’rini ifodali o‘qib beradi. She’r mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:mangu - abadiy
ehtirom - hurmat
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.Darslik bilan ishlash:Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Mangu olov” she’ri o‘quvchilarga navbat bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
- Mangu olov nimaning ramzi?
- Shoir uni nima uchun “Yuraklardan o‘chmaydi sira” deb ta’riflaydi?
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi, tarbiyaviy xulosa chiqariladi.
“Bilag`onlar” o‘yini.O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, “Xotirangiz abadiy bo‘lar” nomli matn yozadilar. Berilgan vaqt tugagandan so‘ng har bir guruh o‘z matnini o‘qib beradi. Eng yaxshi matn yozgan guruh g`olib bo‘ladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan umumlashtiruvchi savol-javob o‘tkazilib, dars yakunlanadi.
- Vatan uchun jonini bergan fidoyilardan kimlarni bilasiz?
- Xotirlash va qadrlash nima uchun kerak deb o‘ylaysiz?
O‘quvchilar darsdagi ishtiroki va faolligiga ko‘ra baholanadi.
VI.Uyga vazifa berish.«Mangu olov» she’rini ifodali o‘qish va yodlash uyga vazifa qilib beriladi.