Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 4-июнь 2025, 13:34
 Bosh sahifa  Mobile versiya

DIQQAT E’LON!

Hurmatli ustozlar. Qadrli ota onalar. Aziz o‘quvchilar.

2022 yil 15 oktabr kunidan boshlab, Yunusobod tumani 98 - sonli umumta’lim maktabda "Binafsha" ijodiy to‘garagi o‘z faoliyatini boshlaydi. Ijodkorlik qobiliyati bor, she’r, hikoya yozadigan, ko‘p kitob o‘qiydigan, san’atning boshqa turlariga ham qiziqadigan o‘quvchilarni taklif etamiz. 
To‘garak mashg‘ulotlari bilan bir qatorda mashhur yozuvchilar uy muzeylariga, Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohatlar, taniqli ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari tashkil etiladi. Iste’dodli o‘quvchilarning ijod namunalari bolalar nashrlarida chop etiladi. To‘garak bepul. Faol ishtirokchilar taqdirlanadi. Ijodiy to‘garak mashg‘ulotlarini shoira, "Kechikkan bahor", "Bolalikka qaytgim keladi", "Baxt izlagan odamlar" she’riy kitoblari muallifi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shahnoza Ro‘ziyeva olib boradi. 

Murojaat uchun telefon:
90 320-04-89