Navbatdagi ish kunim juda ajoyib bo‘ldi. Birinchidan va nihoyat menga to‘garak mashg‘ulotlarimni olib borishim uchun mo‘jazgina xona berishdi. Ikkinchidan eng birinchi tadbirimni rejalashtirib oldim. Ishlarim besh bo‘lsin deb ilk tadbirni 5 - a sinf bilan tashkillashtirdim. Bugun o‘quvchilar bilan tanishib, ularga targ‘ibotchi lavozimi haqida ma’lumot berdim. Undan keyin buyuk akademik shoir G‘afur G‘ulom hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kecha o‘tkazishga kelishib oldik. Shartlarni e’lon qildim.
1. G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi.
2. G‘afur G‘ulom she’rlaridan ifodali o‘qish.
3. G‘afur G‘ulom asarlaridan kichik sahna ko‘rinishi.
4. G‘afur G‘ulom hayoti va ijodiga oid savollarga javob berish.
G‘olib guruhni G‘afur G‘ulom uy muzeyiga sayohatga olib borishga va’da berdim.
Shahnoza Ro‘ziyeva
Yunusobod tumani 98 sonli maktab targ‘ibotchisi