Taekvondo sharq yakkakurash san’atining eng qadimgi turlaridan biri hisoblanib, “qo‘l va oyoq bilan harakat qilish» san’ati ma’nosini anglatadi. Bunda erkak va ayollar belgilangan maydonchada oʻz vazn toifalarida (himoya vositalarida) yakkama-yakka olishish va maxsus mashqlarni bajarish mahoratini namoyish etish borasida yakka va jamoaviy tarzda oyoq qoʻllarda zarbalar berish yoki zarba harakatlarini qayd etish boʻyicha musobaqalashadilar. 2000-yildan Olimpiya oʻyinlari tarkibiga kiritilgan. Bu sport turini O'zbekiston yoshlari o'rtasida yanada rivojlantirish uchun oktyabr oyida Xalq ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi va O‘zbekiston taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bunga ko'ra 12-dekabr kuni "TAEKWONDO KIDS TOURNAMENT 2022 YEAR" musobaqa tashkil etildi. Musobaqada 98-maktabning 5-"G" sinf o'quvchisi Ibragimov Timur Taekvondo sport turi bo'yicha 1-o'rinni egalladi.