2023 yil 21 fevral kuni soat 12-00 da Yunusobod tumani 98-sonli maktabda O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi bosh muharriri shoir Salim Ashur bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.
Targ‘ibotchi: Ro‘ziyeva Shahnoza
SALIM ASHUR
1964 yil, 16 dekabrda Tojikiston Respublikasining Ko‘rg‘ontepa viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1989). Dastlabki she’rlar to‘plami — «Yashil giyoh» (1994). Shundan so‘ng shoirning «Atirgul» (1994), «Siz ertaga kelasiz» (1999), «Kechikkan tong» (2002), «Atalgan kunlar» (2004), «Darz» (2006) kabi she’riy kitoblari nashr etilgan. A. Blok, I. Bunin, A. Fet she’rlaridan namunalar hamda J. P. Sartr, K.Paustovskiyning qissa va ba’zi hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.