Bugun, Toshkent shahar Yunusobod tumani 98-umumta'lim maktabi o‘quvchilari uchun "Yozgi ta'tilda kitob bilan" mavzusi ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbatini Respublika bolalar kutubxonasining kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi yetakchi kutubxonachilari D.Raimqulova va K.Qodirovalar olib bordi. Bunda, inson ma’naviyatining yuksalishida kitobning o‘rni beqiyosligi haqida gaplashildi!