Assalomu alaykum hurmatli o‘quvchilar, 1-iyun Xalqaro Bolalar kuni munosabati bilan barchangizni tabriklaymiz. Hamisha quvnoq, xushchaqchaq bo‘lib yuring. 1-iyun Bolalar kuni munosabati bilan onlayn tanlov e'lon qilinadi. Ya'ni siz aziz bolajonlar uyda turib "Bolalikning eng qiziqarli va yodda qolarli davrlari", "Bolaligim poshsholigim" mavzularida rasmlar chizishingiz, videoroliklar tayyorlashingiz, hikoyalar yozishingiz kerak bo‘ladi.