2024-yil 23-avgustda qabul qilingan 273-sonli buyrugʻining 4-ilovasining 3-haftasida "Teatr - bu ibratxonadir" mavzusida 3-"А" sinfi ijodiy kecha o'tkazishdi.
1) "Ertaklar yaxshilikka yetaklar" qo'shig'ini jo'r ovozlikda kuylab kechani ochib berishdi.
2) "Zumrad va Qimmat" multfilmini namoyish etib, davomidan jonli sahna ko'rinishida aktyorlik qobiliyatini ko'rsatdilar.
3) Navbat qo'g'irchoq teatrga - "Bo'g'irsoq" ertagini bolajonlar mohir qo'llar yordamida namoyish etdilar.
4) "O'rgatadi maktabimizda" qo'shig'i tadbirga yakun yasadi.
Kechaga taklif qilingan aktrisamiz Bahora Arslonova tomonidan yosh, bo'lajak aktyor va aktrisalarimizga video yo'llanma ko'rsatildi.
Darhaqiqat, "Teatr-bu ibratxonadir". Bunday ijodiy kechani tashkil etish o'quvchi yoshlarni ibrat olishga, xulosa chiqarishga, odobli bo'lishga, madaniyatli va estetik didlarini rivojlantirishga, kelajakda yaxshi kasb tanlab o'z o'rnini topishga amaliy yordam bo'ladi.
Maktab direktori : Xayitkulova J.K bolajonlarga iliq va samimiy tilak bildirdilar.
Sinf rahbari: Ismailova Z.A