Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 6-июнь 2025, 16:47
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Jadidlar izidan" mavzusida shoirlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

2024-yil 27-sentyabr kuni Yunusobod tumani 98-sonli maktabda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 23-avgustdagi 273-sonli buyrug‘i ijrosini bajarish maqsadida “Jadidlar izidan” mavzusidagi shoirlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda "Jadid" gazetasi birinchi o‘rinbosari, shoir XUMOYUN AKBAROV, professor, "DO‘STLIK" ordeni sohibi, yozuvchilar uyushmasi a’zosi ADXAMBЕK KAMOLOVICH ALIMBЕKOV, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, A.Kodiriy Uy muzeyi rahbari HONDAMIR QODIRIY, madaniyat instituti talabalari xonanda Ruzimatov Asrorbek va Shamsiddinova Maxbuba hamda maktabda tashkil etilgan "TURON TЕATR" jamoasi ishtirok etishdi. Uchrashuv so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.